“PSJ” Messi taqdimoti uchun Eyfel minorasini ijaraga oldi
“Pari Sen-Jyermen” klubi 10 avgust kechki vaqtga Eyfel minorasini ijaraga oldi. Bu haqda Football Transfers nashri xabar berdi. Taxminlarga ko‘ra, Parij klubi yangi o‘yinchisi Lionel Messini mashhur minorada taqdimot qilishni rejalashtirmoqda.
Fransiya ramzlaridan biri hisoblanuvchi minoradan 2017 yilda “Barselona”dan “PSJ”ga o‘tgan braziliyalik futbolchi Neymar taqdimotida ham foydalanilgan.
Messi klublardagi butun faoliyati davomida “Barselona” uchun to‘p tepgan. U klub bilan Ispaniya chempionatida 10 marta, Ispaniya kubogi va superkubogida 7 martadan, Chempionlar ligasida 4 marta hamda Yevropa superkubogi va klublar o‘rtasida jahon chempionatida 3 martadan g‘alaba qozongan.
Futbolchining “Barsa” bilan shartnomasi iyun oxirida nihoyasiga yetdi.
Joriy mavsumda Messi Ispaniya chempionatida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, 5 avgust kuni “Barselona” Messining jamoadan ketganini, tomonlar moliyaviy cheklovlar tufayli yangi shartnoma imzolay olishmaganini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
14:08 / 03.11.2024
MLSdagi omadli mavsum, JCh-2026 masalasi va futboldan keyingi faoliyat – Messi Romanoga katta intervyu berdi
09:14 / 15.07.2024
Argentina 16-bor Amerika Kubogida g‘olib bo‘lib, mutlaq rekordchiga aylandi
15:23 / 10.07.2024