Jahon | 09:35 / 13.08.2021
12492
1 daqiqa o‘qiladi

Atlantika okeanida 7,5 magnitudali zilzila yuz berdi

Atlantika okeanidagi Janubiy Sandvich orollarida 7,5 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda AQSh geologik xizmati (USGS) ma'lum qildi

Ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila UTC vaqti bilan 12 avgust soat 18:32da (Toshkent vaqti bilan soat 23:32) yuz bergan. Ta'kidlanishicha, zilzila markaziga eng yaqin aholi punkti 2,4 ming km uzoqlikda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 63 km chuqurlikda bo‘lgan.

AQShning sunamilardan ogohlantirish milliy tizimi zilzila oqibatida sunami yuz berishi kutilmayotganini ma'lum qilgan. Tabiiy hodisa oqibatida jabrlanganlar borligi va talafotlar yuz bergani haqida ma'lumot berilmagan.

Mavzuga oid