O‘zbekiston | 08:24 / 14.08.2021
6452
2 daqiqa o‘qiladi

3 yilda 58 nafar ichki ishlar organi xodimi xizmat vazifasini bajarish paytida halok bo‘lgan 

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda so‘nggi 3 yilda 58 nafar ichki ishlar organlari xodimi xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan. Bu haqda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Bekmurod Abdullayev ma'lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir yoki ikki holatni deb butun ichki ishlar tizimiga baho berish holatlari ham yo‘q emas.

“Ichki ishlar organlarida 99 foiz o‘z xizmatiga fidoyi, yurtiga sadoqatli, o‘z qasamyodiga sodiq insonlar mehnat qiladi. 

So‘nggi uch yil davomida ichki ishlar organlari xodimlarining 142 nafari halok bo‘lgan yoki jarohat olgan. Shulardan, 58 nafari o‘z xizmat vazifasini bajarish paytida halok bo‘lgan”, dedi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari.   

Avvalroq, Bekmurod Abdullayev 2021 yil 6 oyida har 100 ming aholi soniga nisbatan 132ta jinoyat to‘g‘ri kelganini aytib o‘tgandi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 6 oyida 2017 yilning 6 oyiga nisbatan qariyb ikki baravar ko‘p (8 592/15 321) jinoyatlar aniqlangan.

Joriy yil 6 oyi yakuniga ko‘ra, respublikadagi 9 251ta mahalladan 4 559tasida (49,3 foiz) birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Mavzuga oid