Sport | 19:42 / 14.08.2021
70459
1 daqiqa o‘qiladi

Bekzod Abdurahmonov va Nigora Tursunqulova turmush qurdi

O‘zbekistonlik ikki sportchi – Bekzod Abdurahmonov va Nigora Tursunqulova oila qurdi. Erkin kurashchi Abdurahmonov va taekvondochi Tursunqulovaning turmush qurishi haqida Bekzodning opasi 6 avgust kuni «Sport TV» efirida aytgan edi. O‘sha kuni Abdurahmonov Tokio olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgandi.

Toshkent shahrida o‘tkazilgan to‘yda sportchilar oilasiga prezident sovg‘alari topshirilgan.

Nigora Tursunqulova ham Tokio olimpiadasida ishtirok etgan va ochilish marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori bo‘lgandi. Taekvondochiga olimpiada sovrindori bo‘lish nasib etmadi.

Ma'lumot uchun, 31 yoshli Bekzod Abdurahmonov faoliyati davomida ikki karra Osiyo chempioni, ikki karra Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgan. 22 yoshli Nigora Tursunqulova ham taekvondo bo‘yicha Osiyo chempioni hisoblanadi.

Mavzuga oid