AQShda Tesla avtomobillari ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari yuzasidan tergov boshlandi
AQShning Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha milliy boshqarmasi (NHTSA) Tesla kompaniyasiga nisbatan tergov boshladi. Bu tergov kompaniya elektromobillari ishtirokida yuz bergan bir nechta yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq holda o‘tkazilmoqda. Ta'kidlanishicha, avariyalar vaqtida avtomobillarda avtopilot ishchi holatda bo‘lgan.
NHTSA’ning ma'lum qilishicha, 2018 yildan beri avtopiloti yoqiq bo‘lgan Tesla avtomobillari boshqa transport vositasiga urilgan 11ta holat qayd etilgan. Ulardan 4tasi 2021 yilda yuz bergan.
NHTSA bunday holatlarni tekshirayotgani haqida avvalroq ma'lum qilingan. Hozirda boshqarma rasmiy tergov boshlanganini e'lon qildi.
Hozirda aksariyat zamonaviy mashinalar avtopilotlar bilan jihozlangan bo‘lsa-da, Tesla uning avtomobillari ilg‘orroq haydovchisiz boshqaruv tizimi Autopilot bilan ta'minlanganini bir necha bor ta'kidlab kelgan.
Endilikda NHTSA 2014 yildan 2021 yilgacha sotilgan Tesla avtomobillarida ushbu tizim qanday ishlashini tekshirmoqda. Ta'kidlanishicha, tergov natijalari turlicha ko‘rinish olishi mumkin: NHTSA hech qanday chora qabul qilmasligi, Tesla’dan o‘z avtopilotlari ishiga tuzatish kiritishni talab qilishi yoki uning ishlatilishini to‘liq taqiqlashi mumkin.
Tergov boshlangani ma'lum bo‘lgandan keyin Tesla aksiyalari 5 foizga arzonlashgan.
Mavzuga oid
20:59 / 20.12.2024
Tesla kompaniyasi nosozlik tufayli 700 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladi
18:14 / 11.12.2024
“Haydovchisiz taksilar” - Tesla robotaksisi qanday ishlaydi?
17:25 / 03.12.2024
Sud Tesla kompaniyasiga Ilon Maskka 56 mlrd dollar to‘lashni taqiqladi
19:26 / 29.11.2024