Jahon | 17:10 / 17.08.2021
10006
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Makedoniya Rossiya diplomatini persona non grata deb e'lon qildi

OAVning xabar berishicha, gap Rossiya elchixonasi harbiy attashesining o‘rinbosari haqida bormoqda.

Foto: AA

Shimoliy Makedoniyada Rossiya diplomatlaridan biri persona non grata deb e'lon qilindi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Buyar Osmani aytdi.

Diplomat Shimoliy Makedoniyani tark etishi lozim.

«Ushbu ma'lumot konfidensial tusga ega bo‘lgani sababli tafsilotlarni ayta olmayman», — deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltirgan A1 telekanali.

OAVning xabar berishicha, gap Rossiya elchixonasi harbiy attashesining o‘rinbosari haqida bormoqda.

Shimoliy Makedoniya may oyida ham rossiyalik bir nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborgandi.

Mavzuga oid