O‘zbekiston | 12:23 / 19.08.2021
29198
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro viloyati DSBga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining farmoyishi bilan Maqsud Mamatxonov Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.

Maqsud Mamatxonov 1987 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 2009 yilda Farg‘ona davlat universitetini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U soliq organlaridagi faoliyatini 2009 yilda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar davlat soliq inspeksiyasi Hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasi bo‘limi inspektori sifatida boshlagan.

M.Mamatxonov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

  • 2018 yildan buyon Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Sherzod Ashurov shu yilning avgustida G‘ijduvon tumani hokimligiga tayinlangandi.

Mavzuga oid