Navoiyda 2 233 nafar iste'molchining tabiiy gazdan asossiz qarzdorligi bartaraf etildi
Karmana tumanida joylashgan pochta aloqa bo‘limi orqali 2019 yil mart-dekabr oylarida iste'molchilardan foydalanilgan tabiiy gaz uchun qabul qilingan qariyb 240 million so‘m pul abonentlarning hisob raqamiga tushmaganligi aniqlandi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2019 yilda Karmana tumanida istiqomat qiluvchi 2 nafar fuqaro tabiiy gaz uchun pochta aloqa bo‘limi orqali to‘lovlarni amalga oshirgan. Ammo bu to‘lovlar gaz ta'minoti hisob raqamiga tushmaganligi sababli asossiz qarzdorlik paydo bo‘lgan. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilinishini so‘rab, Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining Navoiy viloyati hududiy tuzilmasiga murojaat qilishgan.
O‘rganish jarayonida 2019 yilda “O‘zbekiston pochtasi” AJ Navoiy filialining pochta aloqa bo‘limlari tomonidan “Munis” dasturi orqali 2 233 nafar iste'molchining tabiiy gaz uchun to‘lagan 239,9 million so‘mlik pul mablag‘lari “Hududgaz Navoiy” gaz ta'minoti filialining tegishli hisob raqamiga kelib tushgan bo‘lsa ham, iste'molchilarning shaxsiy abonent hisob raqamlariga kelib tushmaganligi aniqlangan.
Agentlikning Navoiy viloyati hududiy tuzilmasi tomonidan “Hududgaz Navoiy” gaz ta'minoti filialiga holat yuzasidan ko‘rsatma xati yuborilib, abonentlarning hisob raqamiga tushmagan to‘lov “Karmanatumangaz” bo‘limi tomonidan “Bilinggaz” dasturiga kiritilgan hamda iste'molchilarning gazdan asossiz qarzdorligi bartaraf etilgan.
Oldinroq Navoiydagi ohak sexida noqonuniy tarzda 130 million so‘mlik tabiiy gaz ishlatilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:48 / 18.12.2024
Navoiyda 33 yoshli erkak o‘ldirilib, Zarafshon daryosiga tashlab yuborildi
10:49 / 15.12.2024
Andijon va Navoiyda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
13:10 / 11.12.2024
Navoiyda elektromontyor 12 kishining nomiga kredit olib, onlayn qimorga yutqazib qo‘ydi
16:26 / 07.12.2024