O‘zbekiston | 08:32 / 21.08.2021
11812
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 3ta o‘rmon xo‘jaligi tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining “G‘allaorol, Kogon va Urgut ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat Prezidentning "Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2020 yil 26 noyabrdagi PQ-4901-son qarori ijrosi yuzasidan qabul qilingan.

Tashkil etilayotgan G‘allaorol, Kogon va Urgut ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaliklariga O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan moliyalashtirish talablari va shartlari tatbiq etiladi.

Tegishincha Jizzax, Buxoro va Samarqand viloyatlarida tashkil etiladigan G‘allaorol, Kogon va Urgut ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaliklarining yer maydonlari tasdiqlandi. Xususan, G‘allaorol o‘rmon xo‘jaligining umumiy maydoni 37 870 ga, Urgut o‘rmon xo‘jaligi – 10 577 ga, Kogon o‘rmon xo‘jaligi – 1 000 ga ni tashkil etadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 10.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Mavzuga oid