Filippin prezidenti o‘z vakolatlari tugagandan keyin vitse-prezident lavozimini egallamoqchi
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte 2022 yilda vakolatlari muddati tugagandan keyin hokimiyat tepasida qolish yo‘lini topdi. The Guardian nashrining yozishicha, u hukmron partiyaning uning nomzodini vitse-prezident lavozimiga qo‘yish taklifini qabul qildi.
Filippin demokratik partiyasi – Xalq kuchi (PDP-Laban) ijrochi vitse-prezidenti Karlo Nograles Duterte ushbu qarorni xalq istagiga ko‘ra qabul qilayotganini aytgan. Ta'kidlanishicha, 76 yoshli Dutertening prezident lavozimidagi vorisi senator Kristofer Go bo‘lishi kutilmoqda.
PDP-Laban’ning prezident va vitse-prezident lavozimlariga nomzodlar e'lon qilinishi rejalashtirilgan kongressi 8 sentyabrga belgilangan.
Filippin prezidenti vakolatlari muddati 6 yil bilan cheklangan. Duterte uchun bu muddat 2022 yil iyunda o‘z nihoyasiga yetadi.
2019 yil dekabrda Duterte ikkinchi prezidentlik muddatiga nomzodini qo‘ymoqchi emasligini aytgan. U, shuningdek, qizi, Davao shahri meri Sara Duterte-Karpioning navbatdagi prezident saylovlarida ishtirok etishiga qarshi ekanini aytgan.
Mavzuga oid
16:24 / 02.12.2024
O‘zbekiston JST a’zoligi bo‘yicha Filippin bilan muzokaralarni yakunladi
18:12 / 24.11.2024
Filippin poytaxtida yong‘in boshlandi: mingga yaqin uy yonib ketdi
20:28 / 23.11.2024
Filippin vitse-prezidenti davlat rahbari uchun killer yollaganini aytdi
20:50 / 14.11.2024