Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha ayrim hujjatlar tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim qonunchilik hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 22 apreldagi PQ-5090-son qaroriga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom (1);
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Ekspertlar kengashi to‘g‘risidagi nizom;
- Ekspertlar kengashi tarkibi.
Nizom (1) Davlat inspeksiyasining vazifalari, funksiyalari, faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
Xususan, uning asosiy vazifalari quyidagilar:
- xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obektlarining xavfsizligini, ishonchli ishlashini hamda qo‘riqlanishini nazorat qilish;
- xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obektlarini joylashtirish va loyihalash bo‘yicha topshiriqlarni hamda ulardan foydalanish bo‘yicha qoidalarni kelishish, shuningdek, ularning xavfsizligi qoidalari va mezonlarini ishlab chiqish;
- xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ularni foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish ishlarida ishtirok etish hamda tegishli xulosalar berish;
- xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obektlarining xavfsizlik darajasini aniqlash ishlariga zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni joriy qilish;
- favqulodda vaziyatlarda xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obektlarining aholiga va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
Inspeksiya huzurida FVV, IIV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Suv xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi va boshqa vakolatli idoralarning rahbariyatidan iborat bo‘lgan Ekspertlar kengashi faoliyat ko‘rsatadi.
Ekspertlar kengashining asosiy vazifalari:
- xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obektlarining xavfsizligi bo‘yicha idoralararo samarali hamkorlikni ta'minlash;
- xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obektlarining xavfsizligi va ishonchli ishlashi bo‘yicha ustuvor masalalarni ko‘rib chiqish;
- xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obektlarining xavfsiz va ishonchli ishlashi uchun ularni rekonstruksiya qilish va qayta jihozlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berish;
- xavf darajasi yuqori bo‘lgan suv xo‘jaligi obektlarining xavfsizlik deklaratsiyasi ekspertizasi natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish.
Mavzuga oid
12:22
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024