Jamiyat | 09:31 / 26.08.2021
13676
3 daqiqa o‘qiladi

Chiroqchida mast ota o‘g‘lini temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirdi

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi ota uyga mast holda kelib o‘z o‘g‘lini temir bo‘lagi bilan urib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 25 avgust kuni soat 8:30larda Chiroqchi tuman IIB navbatchilik qismiga tumanning «Tarag‘ay» MFYda yashovchi A.B.ning yashash uyida vafot etgani haqida xabar kelib tushgan. Ushbu xabar tuman IIBda tegishli tartibda qayd etilib, voqea joyiga tergov-tezkor guruhi chiqqan.

Ta'kidlanishicha, joriy yil 24 avgustdan 25 avgustga o‘tar kechasi soat 00:00larda Chiroqchi tumani, «Tarag‘ay» MFYda yashovchi A.B. spirtli ichimlik iste'mol qilib, yashash uyiga kelib o‘g‘li A.B. bilan o‘zaro tortishib, janjallashib qolgan. Janjal vaqtida A.B. o‘g‘li A.B.ni temir bo‘lagi bilan bir necha marta urib, unga tan jarohatlari yetkazgan.

Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan o‘g‘il A.B. 25 avgust kuni soat 3:00larda yashash uyida vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, marhum ham spirtli ichimlik ta'sirida bo‘lgan va otasi temir bo‘lak bilan urgandan so‘ng, u ertalabgacha jarohat olgan holda tashqarida qolib ketgan va jon bergan. Oila a'zolari uning vafot etgani haqida ertalab xabar topishgan va ichki ishlar idorasiga xabar berishgan.

Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 25 avgust kuni Chiroqchi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha fuqaro A.B. Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Mavzuga oid