O‘zbekiston | 07:49 / 26.08.2021
3556
2 daqiqa o‘qiladi

«Yil boshidan 399 nafar ayol va ularning 351 nafar farzandi markazlarda reabilitatsiya qilingan» - Tanzila Norboyeva

Poytaxtda Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi hamda Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Senat raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etdi.

Senat raisining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan majlislarda belgilangan vazifalar doirasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida qator ishlar amalga oshirildi. 

Xususan, Senat qarori bilan 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi va uning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.

Prezidentning “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq mavjud 197ta markazni optimallashtirish hisobiga 29ta Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarini namunaviy holatga keltirish ishlari olib borilmoqda.  

2021 yil boshidan bugungacha markazlarda 750 nafar shaxs (399 nafari ayollar va ularning 351 nafari voyaga yetmagan farzandlari) reabilitatsiya qilingan.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyati tashkil etildi, uning nizomi va Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi. 

Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. 

“Ayollar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 68 281 nafar xotin-qizga 837 mlrd 931 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, bandligi ta'minlandi.

Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni hududlarda tor soha shifokorlarini jalb qilgan holda 5 818ta tibbiy brigada tashkil etilib, ular yordamida 43 779 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Mavzuga oid