«Biz kechirmaymiz, qilmishingiz uchun javob berasiz» – Bayden Kobul aeroportida terakt uyushtirgan terrorchilarga aviazarba yo‘llashga buyruq berdi
AQSh prezidenti Jo Bayden Kobul aeroportida terakt amalga oshirgan terrorchilarning yetakchilari va obektlariga havo zarbalari berish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Bu haqda Bayden teraktdan keyin Oq uyda o‘tkazilgan millatga murojaatida aytdi.
«Og‘ir kun. Boshqalarning hayotini qutqarish missiyasida bo‘lib turgan amerikalik qahramonlar halok bo‘lishdi. Ular 100 mingdan ortiq odamlarning Afg‘onistondan evakuatsiya qilinishida ishtirok etishdi. Halok bo‘lganlarning oila a'zolari kabi mening ham yuragim og‘riyapti. Biz buni kechirmaymiz, unutmaymiz va keskin javob beramiz. Qilgan ishingiz uchun javob berasiz», dedi Bayden.
AQSh prezidenti terakt uchun javobgarlikni IShIDning bo‘linmlaridan biri o‘z gardaniga olganini ta'kidladi. U teraktni amalga oshirgan terrorchilar rahbarlari va obektlari tomon zarba berish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ta'kidladi. Bayden oxirgi 12 soatda 7 ming kishi evakuatsiya qilinganini aytdi va IShID bu jarayonga ta'sir qila olmasligi, evakuatsiya davom etishini ma'lum qildi.
Bayden o‘tgan galgi murojaatdan farqli o‘laroq bu safar jurnalistlarning savollariga javob berdi. Undan portlashdan keyin Afg‘onistondagi evakuatsiya jarayonini amalga oshirayotgan harbiylar sonini ko‘paytirish rejasi bormi, deb so‘rashdi. Bayden esa bu ishni qilgan bo‘lishini, ammo harbiylar bunaqa so‘rov amalga oshirmaganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 27 avgust kuni Afg‘oniston poytaxti Kobulda mamlakat «Tolibon» nazoratiga o‘tgach, ilk marta terakt sodir etildi. Avvaliga terrorchi-xudkush odamlar ichiga kirib o‘zini portlatdi, ko‘p o‘tmay masofadan turib boshqarilgan va mashinaga o‘rnatilgan bomba portladi. Oqibatda 90 nafar inson halok bo‘lgani aytilmoqda. Ulardan 12 nafari amerikalik harbiylar bo‘lgan.
Terakt uchun IShID terrorchilik tashkiloti mas'uliyatni o‘z gardaniga olgan. Ma'lum bo‘lishicha, toliblar yana bir qator teraktning oldini olgan. AQSh razvedkasi Kobul aeroportida teraktlar uyushtirilishi mumkinligi haqida portlashdan avval ogohlantirgan edi.
Mavzuga oid
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
23:11 / 21.12.2024