Fan-texnika | 21:23 / 27.08.2021
50829
1 daqiqa o‘qiladi

Mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekiston bayrog‘i stratosferaga uchirildi

Kun.uz'ning “Optimist” rukni qahramoni Ziyodulla Butaxonov boshchiligidagi bir guruh yoshlar mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston bayrog‘ini stratosferaga uchirdi. Stratostatga ulangan kamera parvozdan lavhalar uzatdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligida ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarning amaliyotga joriy qilinishi bo‘yicha tadbir tashkil etildi.

Unda Kun.uz'ning “Optimist” rukni qahramonlaridan biri Ziyodulla Butaxonov boshchiligidagi bir guruh yoshlar mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston bayrog‘ini stratosferaga uchirdi.

“Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan stratosferaga stratostat uchiryapmiz. Yoshlar kunida prezidentimizga O‘zbekiston bayrog‘ini kosmosga uchiramiz deb va'da bergandik. Parvoz uchun Innovatsion rivojlanish vazirligida yasagan mini sputnigimizdan foydalandik”, – dedi yosh robototexnik Ziyodulla Butaxonov.

 

Loyiha tashkilotchilari Kun.uz'ga stratosferadan suratga olingan kadrlarni taqdim etdi. Ma'lum qilinishicha, stratostat 46 ming metr balandlikka ko‘tarilgan.

Mavzuga oid