O‘zbekiston | 11:59 / 27.08.2021
5010
1 daqiqa o‘qiladi

Uyda yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘rilatish uchun elektron tarzda so‘rov yuborish mumkin bo‘ldi

Endilikda doimiy yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘rilatish uchun elektron tarzda so‘rov yuborish mumkin. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

Bildirilishicha, elektron hukumatning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Doimiy yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘rilatish uchun so‘rov yuborish xizmati ishga tushirildi.

Ta'kidlanishicha, ommaviy xatlov jarayonida noto‘g‘ri berilgan yoki xato kiritilgan ma'lumotlarga barham berish, masalaga to‘g‘ri yechim sifatida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tegishli xizmatning mobil ilovasi ham yaratildi.

“Endilikda siz my.gov.uz portaliga kirish yoki uning mobil ilovasini yuklab olish orqali tizimga joylashtirilgan yashash manzilingiz haqidagi ma'lumotlar qanchalik to‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qilishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid