Jahon | 09:36 / 29.08.2021
14470
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh elchixonasi amerikaliklarni Kobul aeroportini zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQShning Afg‘onistondagi elchixonasi amerikaliklarni Kobul aeroporti hududini zudlik bilan tark etishga chaqirdi.

«AQShning Kobul aeroporti atrofida, Janubiy darvozalar, yangi ichki ishlar vazirligi binosi va shimol tomondagi «Panjsher» AYoQSh yaqinidagi barcha fuqarolari xavf borligi sababli aeroport hududini zudlik bilan tark etishi lozim», deb aytilgan elchixonada.

26 avgust kuni Kobul aeroporti yaqinida bir nechta portlashlar sodir etildi. Hujum oqibatida 200ga yaqin odam, jumladan 13 amerikalik harbiy halok bo‘ldi. Shuningdek, 1,3 mingga yaqin odam jarohatlandi. Pentagon Afg‘onistonda terrorchilik xavfi saqlanib qolayotganidan ogohlantirdi.

Mavzuga oid