Merkel Bundestagda kansler sifatida oxirgi marta chiqish qildi
Germaniya kansleri lavozimini tark etayotgan Angela Merkel mamlakat parlamenti – Bundestag oldida xayrlashuv nutqi bilan chiqdi. U o‘z nutqi davomida 26 sentyabrda mamlakatda o‘tadigan parlament saylovlarida partiyadoshi, Xristian-demokratik va Xristian-ijtimoiy ittifoqlar blokidan nomzod Armin Lashet nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
“Fuqarolarda bir necha kundan keyin tanlov bo‘ladi. Keyingi hukumatda kim bo‘lishi baribir emas. Bu “so‘llar” qo‘llab-quvvatlashini e'tiborga oluvchi sotsial-demokratlar va “Yashillar” hukumati bo‘ladi yoki hukumatda bosiq pozitsiyalarda bizni kelajakka yetaklaydigan Armin Lashet boshchiligidagi Xristian-demokratik va Xristian-ijtimoiy ittifoqlar bloki bo‘ladi”, deb aytgan Merkel.
Kanslerning bu so‘zlari sotsial-demokratlar, “Yashillar” va “so‘llar” vakillari tomonidan tanqidiy qabul qilingan. “Men shunchaki haqiqatni gapirmoqdaman”, deb javob qilgan Merkel.
Kanslerning nutqi 15 daqiqa davom etgan. U o‘z nutqida, shuningdek, fuqarolarni koronavirusga qarshi emlanishga chaqirgan va iqlim o‘zgarishi, terrorchilik va kiberhujumlarga qarshi kurashish muhimligini yana bir bor eslatib o‘tgan.
26 sentyabrda Germaniyada Bundestagga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Uzoq vaqt davomida ijtimoiy so‘rovnomalar saylovlarda hukmron Xristian-demokratik va Xristian-ijtimoiy ittifoqlar bloki g‘alaba qozonishini ko‘rsatib kelgan. Biroq Germaniyada iyulda yuz bergan toshqinlardan keyin hukmron blok reytingi keskin pastlagan, uning asosiy raqibi - sotsial-demokratlarning g‘alaba qozonishga imkoniyati esa oshgan.
Avvalroq Angela Merkel Germaniya kansleri lavozimini boshqa egallamasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:35 / 26.11.2024
GSDP boshqaruvi Olaf Sholsni kanslerlikka nomzod qilib ko‘rsatdi
10:36 / 22.11.2024
Boris Pistorius kanslerlikka nomzodini qo‘yish niyatida emas
19:55 / 15.12.2021
Hech qachon xafa bo‘lmaydi, hech qachon jazavaga tushmaydi. Germaniyaning yangi kansleri haqida
19:59 / 07.12.2021