O‘zbekiston | 07:42 / 07.09.2021
2014
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda og‘ufurush qo‘lga olindi

Navoiyda giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Navoiy shahrida tezkor tadbir o‘tkazishgan.

Tadbir davomida “Nexia” mashinasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda old o‘rindiq ustida fuqaro S.B.ga tegishli bo‘lgan, 15 dona gugurt qutisiga solingan 107,24 gramm marixuana giyohvand moddasi borligi aniqlangan.

Shundan so‘ng B.S. o‘z xohishi bilan yashash xonadonidan og‘irligi 113,83 gramm bo‘lgan marixuana giyohvand moddasini tadbir ishtirokchilariga taqdim qilgan. Shu tariqa tadbir davomida jami 221,07 gramm og‘irlikdagi giyohvand modda vaqtincha saqlovga olingan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Navoiy viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Qiziltepa tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda opiy giyohvand moddasini sotayotgan fuqaro qo‘lga olingandi.

Mavzuga oid