Gvineyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti iste'foga chiqishdan bosh tortdi
Gvineyada harbiylar tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan prezident Alfa Konde o‘z lavozimidan iste'foga chiqishni rejalashtirmayapti. Jeune Afrique nashrining xabar berishicha, u “iste'foga chiqqandan ko‘ra o‘lishni afzal” deb bilmoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, Kondening iste'fosi masalasi G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati (EKOVAS) delegatsiyasining Gvineya poytaxti Konakriga tashrifi vaqtida muhokama qilingan. Delegatsiya a'zolari Konde bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘lishgan.
“Men iste'foga chiqish haqidagi hujjatni imzolagandan ko‘ra o‘lganim afzal”, deb aytgan ularga Konde.
Ta'kidlanishicha, gvineyalik harbiylar va EKOVAS vakillarining uchrashuvi natijasiga ko‘ra Kondening iste'fosi masalasini kun tartibidan olishga qaror qilingan.
Shu bilan birga, harbiylar prezidentni ozod qilish evaziga undan bir qator shartlar bajarilishini talab qilishmoqda. Ular orasida Kondening mamlakatdagi vaziyat bo‘yicha biron-bir bayonot bermasligi va mamlakatning siyosiy hayotida ishtirok etmasligi shartlari bor.
5 sentyabrda Gvineyada maxsus kuchlarning nufuzli bo‘linmasi harbiylari tomonidan davlat to‘ntaruvi amalga oshirildi. Uning davomida mamlakat prezidenti, 83 yoshli Alfa Konde hibsga olingan va hozirda prezident saroyida ushlab turilibdi.
Mavzuga oid
17:15 / 02.12.2024
«Barchasi hakamning bahsli qaroridan boshlandi». Gvineyadagi o‘yinda o‘nlab fanatlar halok bo‘ldi
21:45 / 01.08.2024
Gvineyaning sobiq harbiy yetakchisi insoniyatga qarshi jinoyatda aybli deb topildi
22:42 / 04.11.2023
Gvineyada qurollangan shaxslar sobiq prezidentni qamoqdan chiqarib oldi
18:58 / 01.10.2021