O‘zbekiston | 14:22 / 13.09.2021
14453
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Pfizer vaksinasining ilk partiyasi olib kelindi

Toshkent xalqaro aeroportiga 1 200 000 dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi yuklangan samolyot kelib qo‘ndi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent xalqaro aeroportiga 1 200 000 dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi yuklangan samolyot kelib qo‘ngani haqida xabar berdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, Sputnik V va Moderna vaksinalaridan foydalanilmoqda. Pfizer/BioNTech vaksinasi O‘zbekistonda qo‘llanayotgan 5-vaksina bo‘ldi.

Shunday qilib, O‘zbekistonga keltirilgan vaksinalarning jami miqdori 24 002 540 dozani tashkil qilmoqda. 

Shundan: 

  • 1 342 480  dozasi AstraZeneca,
  • 18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 460 000 dozasi Sputnik V, 
  • 3 000 060 dozasi Moderna,
  • 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.

Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 16 861 167 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar 3 121 019 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga oid