Fan-texnika | 21:00 / 15.09.2021
31606
2 daqiqa o‘qiladi

LG kompaniyasi 1,7 million dollarlik 325 dyuymli televizor ishlab chiqdi

Foto: LG Electronics

LG kompaniyasi yangi televizorlar qatori DVLED Extreme Home Cinema’ni taqdim qildi. Qatorning flagman qurilmasi 325 dyuym o‘lchamga ega 8K-televizor hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, qatordagi bazaviy 108 dyuymli HD-televizor narxi 70 ming dollar, 325 dyuymli televizor narxi esa 1,7 mln dollar turadi.

Yangi qurilmalar Direct View LED texnologiyasi negizida ishlab chiqilgan ekranlar bilan ta'minlangan. Ushbu texnologiyada ekrandagi tasvir kichik o‘lchamli yorug‘lik diodlar yordamida shakllantiriladi. Kompaniyada yangi televizorlar yuqori sifatli tasvirni ta'minlagan holda kamida 100 ming soat ishlab berishiga va'da berilgan.

LG DVLED Extreme Home Cinema qatori tomonlari nisbati 16:9 va 32:9 bo‘lgan 9ta modelni o‘z ichiga olgan. Qatorda 108 dyuymli, HD va 2K ekranli televizor bazaviy model hisoblanadi. O‘lchami 163 dyuymdan 393 dyuymgacha bo‘lgan modellar 4K-ekran bilan ta'minlangan.

Ta'kidlanishicha, qatorning flagman qurilmasi – 325 dyuymli televizor ishlash vaqtida o‘zidan ko‘p miqdorda issiqlik chiqaradi va shu sababli u o‘rnatilgan xona havoni samarali sovitish tizimiga ega bo‘lishni talab etadi.

Mavzuga oid