Qozog‘iston prezidenti Afg‘onistondan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishga chaqirdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim Jo‘mart To‘qayev Dushanbeda o‘tayotgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammitida Afg‘onistondan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishga chaqirdi. U KXShTning afg‘on qochqinlari va xorijiy bazalarni tashkilotga a'zo davlatlar hududida joylashtirish nomaqbulligi borasidagi umumiy pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi.
To‘qayev Qozog‘iston “insonparvarlik nuqtayi nazaridan” Olmaotaga BMTning Afg‘onistondagi dala missiyalari xodimlarini vaqtincha joylashtirganini qo‘shimcha qilgan. Uning fikricha, Afg‘onistonda hokimiyatni toliblar egallagandan keyin vaziyat “jiddiy izdan chiqish tomon rivojlanmoqda va bu fuqarolik urushi bilan xavf soladi”. U Afg‘onistonda shakllantirilgan vaqtincha hukumat mamlakatda “tinchlik o‘rnatilgani va iqtisodiy rivojlanish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilishi”ni anglatmasligini aytgan.
Qozog‘iston rahbari Afg‘onistonning yangi hukumati bilan “xatti-harakatlarni va o‘zaro hamkorlikni ta'minlash” bo‘yicha bir nechta choralarni taklif etdi. “Bizning ustuvor vazifa Afg‘onistonning yangi hukumati bilan ularning qo‘shni davlatlar va mintaqalarga terrorchilik xavfini yoymaslik bo‘yicha o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish hisoblanadi. Bu, shuningdek, narkotrafik va noqonuniy migratsiyaga tegishli. Ularga qarshi kurash barcha aloqador tomonlardan jamoaviy irodani talab qiladi”, deb ta'kidlab o‘tgan To‘qayev.
“Tolibon” avgust o‘rtasida Afg‘onistonni o‘z nazoratiga olgandan keyin bir oydan kamroq vaqt ichida mamlakatdan 120 mingdan ko‘proq odam evakuatsiya qilindi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Afg‘onistondagi vaziyat sababli afg‘on qochqinlarining yaqin davlatlarga ommaviy ko‘chib o‘tishi xavfi ortgan.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
17:52 / 07.12.2024
Qirg‘iziston prezidenti AQSh va Yevropani «Tolibon»ni tan olishga chaqirdi
17:43 / 03.12.2024
Afg‘onistonda TAPI gaz quvuri qurilishi boshlandi
17:22 / 17.11.2024