O‘zbekiston | 19:07 / 24.09.2021
4233
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga yana qariyb 2,5 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelingani haqida xabar berdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

«Bugun yurtimizga 2 499 668 doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi. 

Shunday qilib, yurtimizga keltirilgan jami vaksina 26 754 208 dozani tashkil qilmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Ulardan: 

  • 1 594 480  dozasi AstraZeneca,
  • 20 499 668 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 460 000 dozasi Sputnik V, 
  • 3 000 060 dozasi Moderna,
  • 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.

SSV ma'lumotiga ko‘ra, ayni kungacha mamlakatda jami 19 197 082 doza vaksinadan foydalanildi.

Shu kungacha to‘liq emlanganlar soni 4 007 732 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga oid