O‘zbekiston | 09:54 / 24.09.2021
3317
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaroning mashinasidan jangovar o‘q topildi

Surxondaryo viloyatida joylashgan Ayritom chegara bojxona postida qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaroning mashinasidan jangovar o‘q topilgan. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Ayritom chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro Q.H. boshqaruvidagi Cobalt mashinasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Nazorat davomida mashina yukxonasidagi sumkada jangovar o‘q-dorilar turkumiga kiruvchi, otish uchun yaroqli bo‘lgan 1 dona 9 millimetrli Parabellum nomli jangovar patron borligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid