Jahon | 14:27 / 25.09.2021
18885
1 daqiqa o‘qiladi

Bosfor bo‘g‘ozida Rossiya va Turkiya yuk kemalari to‘qnashib ketdi

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q, faqat kemalarga zarar yetgan.

Foto: EPA-EFE/ERDEM

Bosfor bo‘g‘ozida Rossiya va Turkiya yuk kemalari to‘qnashuvi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.

Xabarda aytilishicha, to‘qnashuv Bursa viloyatidan Rossiyaga yo‘lga chiqqan uzunligi 128 metrli «Rusich-10» va Kojaeli viloyatidan Qora dengizga yo‘l olgan uzunligi 90 metrli Tahsin İmamoğlu kemalari o‘rtasida sodir bo‘lgan. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q, faqat kemalarga zarar yetgan.

Voqea joyiga uchta kater va 14ta shatakchi kema jo‘natilgan.

Mavzuga oid