O‘zbekiston | 15:11 / 25.09.2021
69176
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev boshidan o‘tkazgan voqealar va unga qarshi qilingan harakatlar haqida gapirib berdi

Joriy yilning 24 sentyabr kuni prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashdi. 

Shavkat Mirziyoyev tadbir davomida o‘zi boshidan o‘tkazgan voqealar, unga qarshi qilingan harakatlar haqida gapirib berdi.

Qayd etilishicha, Eron prezidentining tashrifi doirasida Mirzo Ulug‘bekka qo‘yilgan haykalning ochilish marosimidan 3 soat oldin hokim bo‘lib ishlayotgan Shavkat Mirziyoyevni ishdan olish uchun atayin haykalning boshini olib tashlashgan.

“Gap faqat Mirziyoyevning ishdan olinishida ham emasdi, gap O‘zbekistonning sharmanda bo‘lishida edi. Tasavvur qiling, 2ta prezident kelsayu, haykalning boshi bo‘lmasa, vatanimiz obro‘si nima bo‘lardi?” - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari so‘zini davom ettirar ekan, ushbu favqulodda vaziyatga tushib qolgach, qanday qilib bundan chiqib ketganini yig‘ilganlarga gapirib berdi.

Shavkat Mirziyoyev so‘zi oxirida yoshlarga murojaat qilib, ularni hayot sinovlarida yengilmaslikka, doim kurashishga chaqirdi.

Mavzuga oid