O‘zbekiston | 12:50 / 28.09.2021
25199
1 daqiqa o‘qiladi

Endi pulni shifoxonaga emas, bemorga beramiz – Shavkat Mirziyoyev

Farg‘onadagi saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida viloyat tibbiyot tizimi uchun faqatgina davlat budjetidan kelgusi besh yilda 5 trillion so‘m ajratilishini ma'lum qilgan Shavkat Mirziyoyev tibbiyotda yangicha tartib yo‘lga qo‘yilishini bildirdi.

“Xalqimiz sodda, shifokor davlat tomonidan ajratilgan o‘nta doridan uchtasini bersa ham rozi bo‘lib ketaveradi. Endi yangicha tartib joriy qilamiz – pulni shifoxonaga emas, bemorga beramiz. 

Kasal bo‘ldimi, hisobiga pul tushiriladi, istagan dorisini olsin, istagan joyida operatsiya qildirsin. Baribir shu pul davlatdan ajratilyapti-ku. Tibbiyotda korrupsiya urchib ketgan, buni men aytmasam, kim aytadi?!” – dedi prezidentlikka nomzod.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev o‘z ma'ruzasida Farg‘onada vodiyda yagona Bolalar kardioxirurgiya markazi tashkil etilib, tug‘ma yurak nuqsoni bor, yuqori texnologik operatsiyaga muhtoj bolalarni zamonaviy endovaskulyar yo‘l bilan xirurgik davolash yo‘lga qo‘yilishini, bu borada barcha davolash amaliyotlari budjet hisobidan amalga oshirilishini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid