O‘zbekiston | 17:11 / 30.09.2021
4176
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusdan davolanayotganlar saylovda qanday ishtirok etishi mumkin?

Foto: KUN.UZ

30 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov COVID shifoxonalarida davolanayotgan bemorlar uchun tashkil etilgan “yopiq saylov uchastkasi”da ovoz berish tartibi haqida ma'lumot berdi.

"COVID shifoxonalari quyidagilarni nazarda tutuvchi saylov uchastkalarini tashkil etish bo‘yicha sanitariya-epidemiologik talablar ishlab chiqildi. Bunda quyidagi asosiy ishlarni tashkillashtirish belgilandi:

- COVID shifoxonalariga “yopiq saylov uchastkasi” maqomi berildi;

- mustaqil yurish imkoniyati bo‘lgan bemorlar shifoxona hududida maxsus tayyorlangan xonada ovoz berishlari tashkillashtiriladi;

- yotoq rejimidagi bemorlar maxsus mobil saylov qutilari orqali ovoz berishlari tashkil etiladi”, dedi u.

Ma'lum bo‘lishicha, 10 761 ta saylov uchastkalari mavjud. Shundan bolalar bog‘chasida 1 ta, umumiy ta'lim maktablarida 7 563 ta, kollej-litseylarda 709 ta, davolash profilaktika muassasalarida 445 ta, tashkilot va muassasalarda 2 043 ta saylov uchastkasi tashkil qilingan.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladigan saylov uchastkalarida karantin talablariga rioya etilishini ta'minlash uchun jami 21 mingdan ortiq tibbiy xodim biriktirildi", dedi Botir Qurbonov.

Mavzuga oid