Jahon | 19:04 / 06.10.2021
5840
1 daqiqa o‘qiladi

Neft narxi o‘sishi fonida Saudi Aramco kapitalizatsiyasi 2 trln dollarga yetdi

Agar Saudi Aramco aksiyalari narxi o‘sishda davom etsa, kompaniya kapitalizatsiya bo‘yicha Microsoft Corp. (2,13 trln dollar) va Apple Inc (2,3 trln dollar) kompaniyalariga yetib oladi.

Foto: AR/TASS

Saudiya Arabistonining Saudi Arabian Oil Co (Saudi Aramco) neft kompaniyasi kapitalizatsiyasi 2 trln dollarga yetdi.

Kompaniya aksiyalari narxi 37,6 riyolgacha ko‘tarildi, bu rekord ko‘rsatkichga yaqin, deb yozadi MarketWatch. So‘ngra narx 37,3 riyolga tushgan.

Kompaniyaning asosiy qismi Saudiya Arabistoni hukumatiga tegishli, Saudiya fond birjasida 2 foizdan kamroq aksiyalari sotiladi. Aksiyalar narxi neft narxi oshishi fonida qimmatlashdi.

Agar Saudi Aramco aksiyalari narxi o‘sishda davom etsa, kompaniya kapitalizatsiya bo‘yicha Microsoft Corp. (2,13 trln dollar) va Apple Inc (2,3 trln dollar) kompaniyalariga yetib oladi.

Brent rusumidagi neftning bir barreli narxi dekabr fyuchersi uchun 81,9 dollarni tashkil etmoqda, WTI rusumidagi neftning bir barreli esa noyabr oyi uchun 78,24 dollarga teng bo‘ldi.

Mavzuga oid