O‘zbekiston | 08:29 / 07.10.2021
19501
2 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodiyot universiteti qidiruvga berilgan sobiq prorektor haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sobiq prorektori bilan bog‘liq holat bo‘yicha turli xabarlar tarqaldi. Universitet sobiq prorektor qidiruvdaligi haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Foto: Tsue.uz

Qayd etilishicha, Nodir Idiyev “Asaka bank” AJ Buxoro viloyati filialida faoliyat yuritgan davridagi ishlari sabab qidiruvga berilgan.  N.Idiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan.

“N.Idiyevga qo‘yilayotgan ayblov uning Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi faoliyati bilan bog‘liq emas.

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollarini esa ushbu vaziyat yuzasidan (ortiqcha bo‘rttirishlarsiz) xolis axborot tarqatishga chorlab qolamiz”, deyiladi universitet rasmiy munosabatida. 

Ma'lumot uchun, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori Nodir Idiyev firibgarlikda gumon qilinib, qidiruvga berilgan. Bu haqda ichki ishlar vazirligi rasmiy saytidagi «Diqqat qidiruv» bo‘limida ma'lumot paydo bo‘lgan.

Nodir Idiyev «Asaka bank» AJ Buxoro viloyati filialida faoliyat yuritgan vaqtida Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan 2 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini soxta hujjatlar asosida firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlikda gumon qilinmoqda.

Gazeta.uz'ning yozishicha, Nodir Idiyev «Narxoz»dan 2021 yil iyul oyida mehnat ta'tiliga chiqib, qaytib bormagan.

Mavzuga oid