Farg‘ona shahrida "Baraka burger" do‘koni yoqib yuborildi. IIB holat bo‘yicha munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarida “Farg‘ona shahrida joylashgan "Baraka burger" do‘koni oynalari sindirilgan holda yoqib yuborilganligi” aks etgan videoxabar tarqaldi.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatining ma'lum qilishicha, 2021 yil 5 oktabr kuni E. va uning tanishlari hamda O. va boshqalar o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik sababli ikki tomon bir-birlariga tan jarohati yetkazishgan. Shundan so‘ng E. va uning sheriklari O.ga tegishli bo‘lgan "Baraka burger" do‘koni oynalarini sindirishib, unga o‘t qo‘yishgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha E. ismli shaxs Jinoyat kodeksining 277 (bezorlik) hamda 173-moddalari (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan hamda O. ismli shaxs 277-modda bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan bo‘lib, hozirda qolgan ishtirokchilarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
16:56 / 22.12.2024
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan zapravka buzilmoqda - video
22:57 / 21.12.2024
Farg‘onadagi portlash, Jizzaxga yangi hokim va kadastrdan tadbirkorlarga “qora xat” - hafta dayjesti
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
16:56 / 20.12.2024