O‘zbekiston | 17:41 / 08.10.2021
2493
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda yer qonunchiligi buzilishi bilan bog‘liq holatlar haqida axborot berildi

Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi 2021 yilning 9 oyi davomida aniqlangan yer qonunchiligi buzilishi bilan bog‘liq holatlar haqida axborot berdi.

Foto: KUN.UZ

Jumladan, 1 oktabr holatiga Agentlikning yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan xatlov ishlari natijasida Xorazm viloyati hududida 896 ta holatda 31 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan. Ulardan noturar joy qurish, tomorqa sifatida, baliq hovuzlarini qazish, tuproq kareriga aylantirish va boshqa maqsadlarda foydalanilgan.

Aniqlangan qonun buzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida tuman (shahar) hokimliklariga 720 ta (26 gektar) taqdimnoma kiritilgan.

Qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilib, shundan 92 tasi (2 gektar) bartaraf etilgan.

114 ta (12 gektar) holat yuzasidan prokuratura organlariga ma'lumotlar taqdim etilgan.

Hokimliklar tomonidan 256 ta holatda (7 gektar) sudlarga da'vo arizalari berilgan.

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagani uchun 787,3 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llangan.

Mavzuga oid