AQShda Abdulla Oripov muzeyi ochilishi rejalashtirilmoqda
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda AQShda Abdulla Oripov muzeyi ochilishi rejalashtirilayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
“Men Qashqadaryoda tug‘ilib voyaga yetgan qahramon shoirimiz Abdulla Oripov bilan yaqin do‘st, ijodining chinakam muxlisi bo‘lganimdan doimo faxrlanaman. Ulug‘ shoirimiz: “Toleimga bitgan Qashqadaryomsan”, deb tug‘ilgan yurtini cheksiz ardoqlar edi.
Ochig‘ini aytsam, menga shu kunda Abdulla Oripov kabi insonlar yetishmayapti. U kishi Qashqadaryoni juda maqtar, elini yaxshi ko‘rardi. Biz Abdulla aka bilan Zominda yosh ijodkorlar uchrashuvlarini tashkil qilgandik, Zomin ijodkorlar maktabi an'ana tusiga kirdi.
Men yaqinda mehmon bo‘lib kelgan AQSh kongressmenlari bilan uchrashuvda Amerikada Abdulla Oripov muzeyini ochish taklifini bildirdim. Ular bu masalada yordam berishlarini aytishdi. Bilasiz, Abdulla aka AQShda vafot etgan. Endi o‘sha davlatda ham yaxshi bir muzeyini tashkil qilsak, u kishining xotirasi uchun munosib ish bo‘lardi. Nasib qilsa, Amerikaga borib shu muzeyni ochib kelamiz”, – deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
21:19 / 21.12.2024
Tadbirkor prezidentdan shaxsga doir va bank ma’lumotlarini Cloud'da saqlashga ruxsat berishni so‘radi
20:49 / 21.12.2024
“Tannarxni tushirish – kengayish, hajmni oshirish bilan bo‘ladi” - Zafar Hoshimov
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
22:36 / 20.12.2024