Toshkentda 60dan ortiq qoidabuzarliklarni sodir etgan «Gentra» ushlandi
Toshkent shahrida ikki yil mobaynida 60dan ortiq qoidabuzarliklarni sodir etgan «Gentra» ushlanib, Chorsu jarima maydonchasiga olib kelingan. Qoidabuzarliklarning asosiy qismi tezlikni oshirish bilan bog‘liq. Bu haqda Toshkent shahar IIB ma'lum qildi.
Haydovchi ushbu mashina qidiruvda ekani va boshqa qoidabuzarliklarni ham yashirish maqsadida turli usullarni o‘ylab topgan. 2021 yil 6 oktyabr kuni Chilonzor tumani Beshyog‘och ko‘chasida fuqaro Sh.F. boshqaruvidagi «Gentra»ning davlat raqami (01 007 SSS) YPH xodimlari tomonidan shubha ostiga olingan. Raqam tekshirilganda IIV YHXB ro‘yxatida yo‘qligi aniqlangan.
Mashina old va orqa oynalari qoraytirilgan, haydovchi maxsus ruxsatnomasiz harakatlangan, shuningdek, miltillovchi chiroqlar va tovush kuchaytiruvchi karnaylar ham o‘rnatilgani aniqlangan.
Tekshiruv-surishtiruv natijalariga ko‘ra, mashina yukxonasidagi bir necha raqamlar ham ushbu mashinaga tegishli bo‘lib chiqmadi. Aniqlanishicha, mashina haydovchining onasiga tegishli bo‘lgan va haydovchi jarima va javobgarlikdan qochish maqsadida shunday qochib yurgan.
Bundan tashqari, fuqaroning onasiga tegishli bo‘lgan 01M 710ZA transport vositasida ham muddati 60 kundan o‘tgan bir nechta yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq to‘lanmagan jarimalar mavjudligi, ushbu transport vositasiga soxta raqam taqib yurilgani aniqlandi. Hozirda ushbu avtomobil ham jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Hozirda haydovchiga nisbatan ma'muriy javobgarlik belgilangan va jinoiy ish ham qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024