O‘zbekiston | 09:51 / 11.10.2021
13389
1 daqiqa o‘qiladi

Yakkabog‘ TTB boshlig‘i birlashmaga qarashli muassacalarda namoz o‘qishga yo‘l qo‘ymasligi haqida kafolat xati bergani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining viloyat SSB boshlig‘i nomiga yozilgan birlashmaga qarashli muassasalarda tibbiyot xodimlari va bemorlarga namoz o‘qishga yo‘l qo‘yilmasligi aytilgan kafolat xati tarqatildi. Holat bo‘yicha viloyat SSB hamda Yakkabog‘ tumani hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Viloyat SSB munosabatida yozilishicha, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasi rahbariga yuqoridagi mazmundagi kafolat xati yozib berish bo‘yicha topshiriq berilmagan.

Yakkabog‘ tumani hokimligi axborot xizmati bildirgan munosabatda yozilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kafolat xati soxta.

Foto: Nasafnyus

«Ijtimoiy tarmoqlarda nusxasi e'lon qilingan «Kafolat xati» hech qayerda ro‘yxatga olinmagan, kompyuter dasturlari imkoniyatlari orqali yasalgan, soxtalashtirilgan hujjat hisoblanadi», deyiladi munosabatda.

Mavzuga oid