O‘zbekiston | 08:02 / 12.10.2021
15829
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Spark» oynasidan tanasini chiqarib olgan operator javobgarlikka tortildi

Foto: YHXBB

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil salonidan tanasini chiqarib olgan yo‘lovchi tasvirlangan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Videoda yo‘lovchi o‘z salomatligini xavf ostiga qo‘ygan holda harakat vaqtida "Spark" rusumli avtomobil salonidan chiqib olgani aks etgan.

Video Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilganda, ushbu holat 2021 yil 5 oktabr kuni soat 16:30larda, Yangihayot tumani hududida sodir bo‘lganligi aniqlandi. 

Yo‘lovchi sifatida qoidani buzgan, 1999 yilda tug‘ilgan M.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi to‘rtinchi qismi tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi.

“Operatorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolardan, eng avvalo, o‘z salomatliklarini xavf ostiga qo‘ymasliklarini, qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi YHXBB ma'lumotida.

Mavzuga oid