Fan-texnika | 01:09 / 13.10.2021
20567
2 daqiqa o‘qiladi

LG kompaniyasi General Motors’ga 1,9 milliard dollar kompensatsiya to‘laydi

Foto: Chevrolet

AQShning General Motors avtomobilsozlik kompaniyasi Chevrolet Bolt elektromobillarining nosozlik tufayli katta ko‘lamli qaytarib olinishi bo‘yicha LG Electronics bilan kelishuvga erishdi. Ushbu kelishuv doirasida Janubiy Koreya kompaniyasi GM’ning mashinalar qaytarilishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarini deyarli to‘liq qoplab beradi.

2020 yil noyabridan boshlab GM kompaniyasi o‘zining Chevrolet Bolt elektromobillarini ularda qo‘llangan batareyalar yonib ketishi xavfi sababli bir necha marta ortga qaytarib olgan. Kompaniyaning bundagi xarajatlari 2 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Gap shundaki, Chevrolet Bolt’ga batareyalarni LG yetkazib beradi. Shu sababli koreys kompaniyasi GM’ga 1,9 mlrd dollar kompensatsiya to‘lab berishga rozi bo‘lgan.

“LG bizning eng qadrlanuvchi va hurmatga sazovor yetkazib beruvchimiz hisoblanadi, shu sababli biz kelishuvga erishganimizdan xursandmiz. Bizning muhandislar va ishlab chiqarish jamoalarimiz yangi batareyalarni ishlab chiqarishni tezlashtirish ustida hamkorlik qilmoqda. Biz mijozlarimiz mashinalarini joriy oydanoq ta'mirlashni boshlaymiz”, deb aytgan AQSh kompaniyasi vitse-prezidenti Shilpan Amin.

Mavzuga oid