O‘zbekiston | 08:23 / 15.10.2021
5606
1 daqiqa o‘qiladi

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga eng ko‘p kommunal soha bo‘yicha murojaat qilingan 

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga eng ko‘p kommunal xizmatlar yuzasidan murojaat qilingan. Bu haqda AOKAda agentlik axborot xizmati rahbari Mohruxsor Tog‘ayeva ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tildi.

Mohruxsor Tog‘ayeva / Foto: AOKA

Qayd etilishicha, agentlikka kelib tushgan 21 mingga yaqin ariza, shikoyat va taklifning 51 foizi uy-joy kommunal, transport xizmatlariga to‘g‘ri kelsa, 22 foizi savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, 15 foizi aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 11 foizi reklama munosabatlari va boshqa masalalarga to‘g‘ri keladi.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 79 foizi qanoatlantirilgan, 18 foiziga tegishli tushuntirish berilgan va 3 foizi vakolatli idoralarga yuborilgan.

O‘rganishlar davomida iste'molchilarga yetkazilgan zarar miqdori 136,9 milliard so‘mni tashkil etishi aniqlangan. Bugungi kunga qadar iste'molchilar foydasiga 86,5 milliard so‘m mablag‘ (aniqlangan mablag‘ning 63,1 foizi) qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan.

Mavzuga oid