Tanqidga munosabat: Sariosiyodagi suv muammosi bartaraf etildi
Joriy yil 14 oktyabr kuni Surxondaryo | Kun.uz Telegram-kanalida Sariosiyo tumani Sharq yulduzi mahallasida joylashgan 2 sotixli namunali uylarda 11 oktyabrdan buyon ichimlik suv ta'minoti uzilib qolgani yuzasidan aholi tomonidan yo‘llangan murojaat berildi. Tuman hokimligi axborot xizmati mazkur murojaat yuzasidan munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, muammo qisqa muddatda bartaraf etilgan.
Munosabatda yozilishicha, aholi tomonidan yo‘llangan murojaat tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan joyida o‘rganilgan. O‘rganish davomida aniqlanishicha, Sariosiyo tumani Sharq yulduzi mahallasida joylashgan 2 sotixli namunali uylar oldida yangi bino qurilmoqda.
Bu yerda yer qazish ishlari amalga oshirish vaqtida aholini toza ichimlik suv bilan ta'minlaydigan 89 detsimetr o‘lchamdagi quvur tasodifan uzib yuborilgan. Oqibatda avariya holati vujudga kelgan va muammo bartaraf etilguncha aholiga suv yetkazib berish to‘xtatilgan.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda holat mas'ul xodimlar tomonidan bartaraf etilib, aholiga ichimlik suv doimiy ravishda yetkazib berilmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 13.01.2025
Yangi quriladigan uy-joylarga tutash hududda yomg‘ir suvini yig‘ish tizimi o‘rnatiladi
10:16 / 13.01.2025
Ichimlik suvi sifati monitoringini yurituvchi markaziy laboratoriya tashkil etiladi
12:38 / 06.01.2025
Dnestrbo‘yida aholi suv ta’minoti bilan bog‘liq muammo haqida ogohlantirildi
11:32 / 04.01.2025