Bankdan qariyb 565 mln so‘m pul o‘margan “xakerlar”ga sud hukmi o‘qildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudida bank tizimiga ruxsatsiz kirib, 564,9 million so‘mni yashirincha o‘g‘irlagan 7 nafar shaxsga sud hukmi o‘qildi, - deya ma'lum qildi Oliy sud matbuot xizmati.
Ma'lum bo‘lishicha, fuqaro U. 2020 yilning dekabrida tanishi O.ning plastik kartasi orqali tijorat banklaridan birining mobil ilovasi orqali pul o‘tkazganda, o‘tkazma amalga oshgan, plastik kartadagi pul esa kamaymagan.
Texnik nosozlikni bank xodimlari sezmaganligini anglab yetgan U. bankka tegishli bo‘lgan 121 million 171 ming so‘mni yechib olgan.
U. jinoiy ishini davom ettirib, bu ishga yana 4 kishini jalb qilgan. Guruh bir nechta plastik kartalarga umumiy hisobda 564,9 million so‘mni bank hisob-raqamidan o‘g‘rincha o‘tkazishib, shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborishgan.
JKning 169-moddasiga binoan ularning 4 nafariga 5 yildan ortiq muddatga, bittasi 3 yildan ortiq ozodlikdan mahrum qilingan. Ikki nafariga davlat hisobiga oylik maosh to‘lash sharti bilan axloq tuzatish koloniyalariga hukm qilingan.
Mavzuga oid
15:50 / 25.11.2024
Janubiy Koreyada armiyadan bo‘yin tovlash uchun atay semirgan fuqaro qamaldi
17:00 / 09.08.2024
Tanlovning hududiy bosqichlari yakunlandi
16:20 / 05.06.2024
19 yoshida 18 yillik qamoq – Qoraqalpog‘istonda bosqinchilik va qotillik qilgan yigitga hukm o‘qildi
22:38 / 18.05.2024