Jahon | 20:42 / 22.10.2021
4672
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya transport vaziri samolyotda koronavirus yuqtirish ehtimoli mutlaqo yo‘qligini aytdi

Savelevning aytishicha, IKAOning o‘tgan yil avgustdagi statistikasiga ko‘ra, 27 million nafar yo‘lovchidan atigi bir nafari kasal bo‘lgan.

Foto: iStock

Rossiya transport vaziri Vitaliy Savelev samolyotda parvoz qilganda koronavirus yuqtirish ehtimoli nolga tengligini aytdi.

«Samolyotda kasallanish mumkin emas. Samolyot yuqori sifatda havo tozalaydigan HEPA-filtrlardan foydalanadi, tozalash koeffitsiyenti 99,97 foizni tashkil etadi, bu jarrohlik xonasidagidan ham tozaroq», — dedi Savelev.

Savelevning aytishicha, IKAOning o‘tgan yil avgustdagi statistikasiga ko‘ra, 27 million nafar yo‘lovchidan atigi bir nafari kasal bo‘lgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot havoni kompressordan oladi, so‘ngra uni filtrdan o‘tkazadi. Shu tarzda havo har uch daqiqada yangilanadi.

Mavzuga oid