Jamiyat | 22:23 / 25.10.2021
67531
2 daqiqa o‘qiladi

O‘yinchoqlar biznesi qiroli – millioner Anvar Abduqayum bilan suhbat

Markaziy Osiyoning birinchi raqamli o‘yinchoq ishlab chiqaruvchisi, o‘nlab furalarda mahsulot eksport qilayotgan tadbirkor Anvar Abduqayum – SUBYEKTIV'ning navbatdagi qahramoni.

Kun.uz homiyligidagi SUBYEKTIV loyihasining navbatdagi soni yoshlar va ayniqsa tadbirkorlar uchun ham foydali, ham ilhombaxsh.

Bilasizmi, noldan ko‘tarilgan har bir biznesmenning o‘z hikoyasi bor, lekin hamma biznesmen ham bu hikoyasini maromiga yetkazib gapirib bera olmaydi. Biroq bugungi qahramonimiz haqida bunday deb bo‘lmaydi. Uddaburon tadbirkor Anvar Abduqayum bilan suhbat ko‘plarda yangi fikrlar va motivatsiya uyg‘otishiga shubhamiz yo‘q.

Professor yoki davlat xizmatchisi bo‘lishni niyat qilgan talaba – bugun Markaziy Osiyodagi eng yirik o‘yinchoq ishlab chiqaruvchi zavod egasi. U asos solgan “Visage Electric” MChJ uzoq yillardan buyon Toy Bola brendi ostida o‘yinchoqlar ishlab chiqaradi.

Kompaniya bugungi kunda Rossiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘izistonga mahsulot eksport qilmoqda.

39 yoshigacha havas qilgulik natijalarga erishgan ishbilarmon biz bilan suhbatda hayotini o‘zgartirib yuborgan voqea, biznesga qanday kirib kelgani, muzokara o‘tkazish sirlari va Rossiyadagi vatandoshlar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ko‘rsatuv yoqqan bo‘lsa va loyiha rivojiga hissa qo‘shishni istasangiz, buning yo‘li oson: layk bosish va izoh yozish. Sizning e'tiboringiz bizni ijod qilishga ilhomlantiradi.

Muallif – Jamshidxon Ziyoxonov.

Tasvirchilar –
Otaxon Yusupov,
Muhammadjon G‘aniyev.

Mavzuga oid