O‘zbekiston | 16:23 / 30.10.2021
5232
2 daqiqa o‘qiladi

2021 yilning 9 oyida Toshkent sudlarida 110 ta oqlov hukmi chiqarilgan

2021 yil 29 oktyabr kuni Toshkent shahar sudi va Toshkent shahar ma'muriy sudi tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing tashkil etildi.

Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati raisi Akbarali Turobovning ma'lum qilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudlari tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida 6 ming 159 nafar shaxsga nisbatan 4 ming 852 ta jinoyat ishlari ko‘rib tamomlangan. O‘tgan yilga nisbatan ko‘rib tamomlangan ishlar soni 1 ming 940 taga (40 %), javobgarlikka tortilgan shaxslar soni esa 2 ming 434 nafarga (39,5 %) ko‘paygan.

Turobovning aytishicha, pandemiya boshida sudlarda ishlar bir muddat ko‘rilmagani sabab joriy yildagi ko‘rsatkichlar o‘tgan yilgidan keskin yuqori ko‘rinmoqda va bu jinoyatchilik keskin oshganidan dalolat bermaydi.

Sudlar tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida jami 110 holatda oqlov qarorlari chiqarilgan, 1 ming 51 holatda tergov organi tomonidan asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarilgan. Jinoyat oqibatida yetkazilgan 195,8 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zararning o‘rnini qoplagan 354 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Sudlangan shaxslarning 552 (11,3 %) nafariga jarima, 1 ming 115 (22,8 %) nafariga axloq tuzatish ishlari, 1 ming 130 (23,1 %) nafariga ozodlikni cheklash, 1 ming 723 (35,2 %) nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 69 (1,4 %) nafariga majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlangan bo‘lsa, 147 (3 %) nafar shaxs shartli hukm qilingan.

Sudlanganlarning 481 nafarini (9,8 %) ayollar, 100 nafarini (2 %) voyaga yetmaganlar, 2 ming 197 nafarini (45 %) yoshlar, 97 nafarini (1,9 %) 60 yoshdan oshgan erkaklar, 37 nafarini (0,7 %) chet el fuqarolari va 23 nafarini (0,4 %) tadbirkorlar tashkil etgan.

Mavzuga oid