Jamiyat | 13:43 / 31.10.2021
5966
2 daqiqa o‘qiladi

Qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan “Kobalt” ona va bolaning o‘limiga sabab bo‘ldi

Foto: Kun.uz

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidan o‘tgan yo‘lda Kobalt va Damas mashinalari to‘qnashishi oqibatida ona va bola vafot etgan. Bu haqda Namangan IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

27 oktyabr kuni soat 16:30 larda, To‘raqo‘rg‘on tumani Langarbobo MFY hududida, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro Kobalt mashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. Buning oqibatida qarshisidan harakatlanib kelayotgan, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinaga to‘qnashgan.

Foto: Kun.uz 

Natijada, Damas rusumli avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchilar, 1987 yilda tug‘ilgan ayol va o‘g‘li, olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Foto: Kun.uz 

Damas haydovchisi, bosh miya yopiq shikasti, qovurg‘a suyaklarini yopiq sinishi hamda yo‘lovchilari, 1976 yilda tug‘ilgan ayol o‘ng oyoq boldir suyagi yopiq sinishi va qo‘shnilari, 1992 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti, 1992 yilda ayol bosh miya og‘ir darajada lat yeyishi, o‘ng oyoq boldir suyagi chiqishi, qorin bo‘shlig‘i yopiq shikasti, 2019 yilda tug‘ilgan qizaloq peshona sohasi va ko‘krak qafasi lat yeyishi, 1991 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti, 1957 yilda tug‘ilgan ayol o‘ng oyoq boldir suyagi yopiq sinishi, 1951 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya ochiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Mavzuga oid