Mutaxassis koronavirusning “AY.4.2” shtammi bilan kurashish oson bo‘lmasligini aytdi
Rossiyalik infeksionist Andrey Pozdnyakov koronavirusning “AY.4.2” shtammining pandemiyaga ta'siri haqida ma'lumot berdi.
“Dastlab Britaniyada aniqlangan bu yangi tur koronavirusning “delta” shtammining mutatsiyaga uchragan variantidir. Olimlar bu variantning yuqumliligi “delta” shtammga qaraganda 10-15 foizga ko‘p ekanligini qayd etishdi. Ular “ketma-ketlik” metodikasi orqali SARS-CoV-2 virusining genetik tahlillarini o‘tkazyapti va bu kelgusida virusning mutatsiyaga uchragan yangi variantlarini aniqlashga imkon beradi”, – dedi Pozdnyakov.
Mutaxassis Buyuk Britaniya va Rossiyadagi kasallanish va o‘lim holatlarini taqqoslagan: oxirgi bir sutkada Britaniyada 36100 nafar fuqaro kasallangan va shundan 38 nafari vafot etgan, ya'ni o‘lim darajasi 0,1 foizni tashkil qiladi. Rossiyada esa har kuni koronavirusga chalingan 1000 dan ortiq bemorlar vafot etyapti. Britaniyada o‘lim sonining kamligi aholining katta qismi emlangani bilan bog‘liq. Shuning uchun yangi shtammning pandemiyaga ta'sirini ushbu mamlakatdagi epidemiologik holat bilan bog‘lash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Yangi shtamm bilan kurashish qiyin bo‘ladi, deb hisoblaydi Pozdnyakov.
“Bu “delta”ning mutatsiyaga uchragan turi ekanligini hisobga olsak, u bilan kurashish oson bo‘lmaydi. Chunki bu shtammga chalingan bitta bemor 9 ta odamga kasallikni yuqtirishi mumkin. Solishtirish uchun, COVID-19’ning Uhanda tarqalgan ilk turi bilan kasallangan bemor taxminan 3 ta odamga yuqtirish xavfi mavjud edi.
“Yana karantin joriy etish virus tarqalishining oldini olishga yordam beradi. Ammo karantindan keyin baribir kasallanish yuqori bo‘lish ehtimoli bor. Chunki aholining katta qismi hali koronavirusga qarshi emlanmagan.
Karantin kundalik kasallanishni kamaytirishi mumkin, ammo o‘lim darajasi tezda kamaymaydi, chunki cheklovlar kiritilishidan oldin kasalxonaga yotqizilgan bemorlarda baribir o‘lim kuzatiladi”, – deya ta'kidlaydi ekspert.
Andrey Pozdnyakovning fikricha, yangi shtammlar paydo bo‘lganda unga qarshi yana yangi vaksina yaratishdan ko‘ra mavjud vaksinaga virus genomini kiritish osonroq bo‘ladi.
Yuqumliligi va tajovuzkorligi xavfi yuqori deb topilgan “AY.4.2” shtammi Hindistonda aniqlanib, 17 nafar bemorda qayd etilgan edi.
Virusning ushbu shtammi ayni kunlarda Rossiya fuqarolarida ham aniqlangan bo‘lib, mutaxassislar koronavirusning yangi shtammini yuqtirgan bemorlarda kasallik o‘rtacha, og‘ir va o‘ta og‘ir holatda kechayotganini va ko‘proq bolalar kasallikka chalinayotganini aytishgan.
Shuningdek, Angliyada ham “COVID-19ning yangi “AY.4.2” shtammiga chalinganlar aniqlangan. VVS ma'lumotiga ko‘ra, “delta” shtammning mutatsiyaga uchragan ushbu varianti ustida olimlar o‘rganish ishlari olib boryapti.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
17:43 / 03.12.2024
AQSh kongressmenlari koronavirus laboratoriyada yaratilganiga beshta dalil keltirdi
23:36 / 19.09.2024
Olimlar Xitoydagi Uxan bozori koronavirusning dastlabki o‘chog‘i bo‘lganini isbotladi
13:54 / 18.09.2024