O‘zbekiston | 15:40 / 01.11.2021
3511
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda portlovchi moddalar savdosi bilan shug‘ullangan konchilar uzoq muddatga qamaldi

Foto: Videodan kadr Navoiy MTRK

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudida portlovchi moddalarga qonunga xilof ravishda egalik qilgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Janubiy kon boshqarmasiga qarashli Zarmitan konida lahmlarni portlatish vazifasida ishlagan 2 nafar shaxs portlatuvchi moddalarni konda ishlatmasdan, yashirib kelishgan. Ular Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi MChJga tegishli oshxonada faoliyat yurituvchi 2 nafar fuqaro bilan o‘zaro til biriktirib, portlatuvchi moddalar savdosi bilan shug‘ullangan. Ushbu 4 nafar fuqaro Navoiy viloyati DXX tezkor guruhi tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Foto: Videodan kadr Navoiy MTRK

Sud hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan sudlanuvchilarning 1 nafariga 11 yil, qolgan sheriklariga esa 10 yil hamda 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Oldinroq Navoiyda o‘zaro janjallashgan ikki qishloq «tillachilari» profilaktika inspektorining mashinasini yaroqsiz holga keltirishgandi.  

Mavzuga oid