Surxondaryoda yuqumli kasalliklar shifoxonasida chiqindilarni joylashtirish tartibi buzilgani aniqlandi
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida yuqumli kasalliklar shifoxonasida chiqindilarni joylashtirish tartibi buzilgani aniqlangan. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumani inspeksiyasi inspektorlari viloyat Ekologiya boshqarmasining 22021 yil 20 oktyabrdagi 301-sonli buyrug‘iga asosan Jarqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limida tekshirish o‘tkazgan.
Tekshirish davomida yuqumli kasalliklar bo‘limi mudiri T.B. tomonidan chiqindilarni joylashtirish tartibi buzilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-prim 2-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari, 810 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llangan.
Mavzuga oid
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
16:35 / 26.11.2024
Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jarimaga tortildi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
14:50 / 21.11.2024