Sport | 20:38 / 02.11.2021
10421
1 daqiqa o‘qiladi

Boks. Lazizbek Mullojonov armanistonlik bokschiga mag‘lub bo‘lib, medaldan quruq qoldi 

Serbiyada davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida Lazizbek Mullojonov chorakfinal jangini o‘tkazdi.

Foto: O‘BF

+92 kg vaznli bokschimiz 1/4 finaldagi jangini armanistonlik David Chaloyanga qarshi o‘tkazib, uchinchi jangida 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Natijada, u bugun yarimfinalga chiqa olmagan o‘zbekistonlik 3-bokschiga aylandi.

Bungacha, vakillarimizdan -60 kg vaznli bokschimiz Abdumalik Xalakov 1/4 finalda rossiyalik Vsevolod Shumkovni mag‘lub etib, yarimfinalga chiqqan va dastlabki medalni naqd qilgandi. 

Avvalroq, -48 kg vaznli bokschi Nodirjon Mirzahmedov chorakfinalda qozog‘istonlik Temirtas Jussupovga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, -75 kg vazn toifasidagi Saidjamshid Jafarov esa tailandlik Viparon Jongjoxoga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgandi. 

Ma'lumot uchun, bugun, 2 noyabr kuni yana 2 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi:

  • -63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Endi Kruz (Kuba) (22:55 dan so‘ng)
  • -92 kg: Madiyar Saidrahimov - Lyuis Uilyams (Angliya) (00:40 dan so‘ng).

Mavzuga oid