Surxondaryoda arzon uy olib berishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Termiz shahrida arzon uy olib berishini aytib fuqaroning 1 700 dollar va 5,5 million so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIb axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 16 oktabr kuni Termiz shahrining Guliston mahallasida yashovchi, D.Zulayho shahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Uning murojaatiga ko‘ra joriy yil 17 avgust kuni Sariosiyo tumanida yashovchi, A.A. unga Termiz shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan uy-joy olib berishini aytgan.
So‘ng shaharning Guliston mahallasi hududida undan 1 700 dollar va 5,5 million so‘m pulini olib, ushbu pullarni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganini bildirgan.
Qayd etilishicha, 16 oktabr kuni A.Aliyorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
16:35 / 26.11.2024
Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jarimaga tortildi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
14:50 / 21.11.2024